Jamoat ishlari uchun maosh 750 ming so‘mdan oshmaydi

© Sputnik / Mayya Mashatina / Mediabankka o‘tishDvorniki
Dvorniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar mahkamasi iaroriga asosan, jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarning oylik maoshi eng kam ish haqqining 5 baravaridan oshmasligi kerak.

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Band bo‘lmagan fuqarolar pullik jamoat ishlariga jalb qilishda eng katta maosh miqdori 748 ming so‘m miqdorida belgilandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston hukumati band bo‘lmagan fuqarolarni pullik jamoat ishlariga jalb qilish tartibini belgiladi. Unga ko‘ra jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarning oylik maoshi eng kam ish haqqining 5 baravaridan oshmasligi kerak. Jamoat ishlariga jalb qilinayotganlar maoshi barcha daromad soliqlardan ozod qilingan.

Jamoat ishlari davlat budjeti asosida ishlaydigan tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan hollarda ishchilar maoshi O‘zbekiston Jamoat ishlari fondi tomonidan qoplanadi. Jamoat ishlari tadbirkorlar yoki nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan bo‘lsa, Fond xarajatlarning 50%ini qoplaydi.

Ko‘chalarni obodonlashtirayotgan ishchilar - Sputnik O‘zbekiston
Jamoat ishlari jinoiy jazoning yangi turiga aylanadi

Band bo‘lmagan fuqarolar turli maydonlarni obodonlashtirish, turar joy fondlarini obyektlarini, ko‘cha, yo‘l, trotuarlarni, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash, mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlari, qariya va nogironlarga qarash hamda turli obyektlar qurilish va ta’mirlash kabi jamoat ishlarida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ishsiz fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish, tajriba tariqasida 2017-yilning 1-oktabridan boshlab Qoraqalpog‘iston har bir viloyatining bir tumanida va Toshkentda olib  boriladi. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab butun Respublika bo‘yicha olib boriladi.

Moliya vazirligi 2017-yilda Jamoat ishlari fondiga 84 mlrd so‘m, 2018-yilda — 714 mlrd so‘m mablag‘ ajratgan.

Yangiliklar lentasi
0