Qozog‘iston TIV Atambayevning bayonotidan keyin keskin norozilik bildirdi

© Akimat Almatinskoy oblastiFlag respubliki Kazaxstan
Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ikki do‘st davlatlar o‘rtasida bu singari gap-so‘zlar bo‘lishi mumkin emas deb bayonot berdi

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayevning Qozog‘istonning Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashuvi to‘g‘risidagi gaplari munosabati bilan qat’iy norozilik bildirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Prezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev: Qozog‘iston o‘zining prezidentlikka nomzodini bizga tiqishtirishga harakat qilyapti
"Ishonchimiz komilki, Qirg‘iziston prezidentining saylovoldi jarayonlar maqsadida mas’uliyatsizlik, fitnaga yo‘g‘rilgan va yolg‘on ta’kidlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stona va o‘zaro yordam rishtalariga ziyon yetkaza olmaydi", — deyiladi Qozog‘iston TIV bayonotida.

Bayonotda shuningdek, Qozog‘iston tomon Qirg‘iziston xallqi bilan an’anaviy qardoshlik munosabatlarini rivojlantirish yo‘nalishiga sodiq qolishi qayd etilgan.

Atambayevning prezidentlik muddati joriy yil 1-dekabrda tugaydi. Konstitutsiyaga muvofiq, u yana bir bor o‘z nomzodini qo‘yish huquqiga ega emas. Prezidentlik uchun qizg‘in tus olgan poygada Atambayevning izdoshi deb tilga aytilayotgan Sooronboy Jeeyenbekovning asosiy raqiblaridan biri bu mamlakatning sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov bo‘lib, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev u bilan 19-sentabr kuni uchrashuv o‘tkazgan edi. Ushbu urashuvdan oldinroq Nazarboyev Jeenbekov bilan ham uchrashganligiga qaramay, aynan Babanov bilan uchrashuvdan so‘ng Qirg‘iziston TIV Qozog‘istonga norozilik notasini yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0