TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Olmaotadan Toshkentga "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKga qarashli A320 samolyot texnik nosozligi tufayli parvoz 7 soatga kech qolgan. Yo‘lovchilarni olib ketish uchun boshqa samolyot yuborilgan. Bu haqda RIA Novosti milliy aviakompaniya vakiliga tayangan holda xabar bergan.
Aviakomaniya ma’lumotiga ko‘ra, kuni kecha Moskva vaqti bilan soat 15-55 da "O‘zbekiston havo yo‘llari" HY766 reysi 135 yo‘lovchisi bilan texnik nosozlik tufayli Olmaotadan parvozni amalga oshira olmagan.
Aviakompaniyaning texnik mutaxassislari Olmaotaga boshqa A320 samolyotida uchib borganlar. Ushbu samolyotda yo‘lovchilar Toshkentga uchib kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasiga qarashli samolyot 5-sentabr kuni Tailand poytaxti Bangkokdan Toshkentga HY532 reysi 216 yo‘lovchisi bilan ucha olmagan.
Aviakompaniya 90 dan ortiq yo‘lovchiga 8-sentabr kuni Toshkentga Kuala-Lumpur orqali uchishni taklif etgan. Toshkent orqali Bishkek, Tel-Aviv va Rossiyadagi shaharlarga uchayotgan 90 kishiga ham muqobil yo‘nalishlar taklif etilgan. Ayni vaqtda yana 30 kishini O‘zbekistonga olib kelish ustida ish olib borilmoqda.