TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Enter Engineering kompaniyasi Jizzaxda neftni qayta ishlash zavodi qurilishida bosh pudratchi bo‘ladi, deb xabar berdi Podrobno.uz "O‘zbekneftegaz"dagi manbasiga tayanib.
Majmuada yiliga 3,7 million tonnadan ortiq motor yonilg‘isi, 700 ming tonnadan ortiq aviatsiya kerosini va 300 ming tonna boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Ilgariroq "O‘zbekneftegaz" Qozog‘iston va Rossiya bilan Omsk-Pavlodar-Chimkent yo‘nalishi bo‘yicha qozoq va rossiya neftini yetkazib berish bo‘yicha kelishib olgandi.
Enter Engineering Pte Ltd, "Gazprombank" sho‘’basi bo‘lib, O‘zbekiston bozorida bir necha yildan beri faoliyat ko‘rsatadi. Kompaniya Qandim konida gazni qayta ishlash zavodi qurilishi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi modernizatsiyasi kabi loyihalarda ishtirok etgan.