Rossiyaning "Taif" kompaniyasi O‘zbekistonda zavod qurish masalasini ko‘rib chiqadi

© AP Photo / Vahid Salemi, FileNeftepererabativayushee predpriyatie
Neftepererabativayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tatariston prezidenti o‘zbekistonlik tadbirkorlarni respublikada faolroq ishlashga chaqirdi va ular uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. "Taif" kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda neft-kimyo sohasida ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini o‘rganadi, dedi Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov.

"Taif" kompaniyalar guruhi oldida katta vazifa turibdi, neft-kimyo bo‘yicha ulkan tajribamiz bor. Mutaxassislarni jo‘natish lozim, xomashyo bazasini o‘rganish kerak. Xomashyo va u yoki bu mahsulotga bo‘lgan talabdan kelib chiqib qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish darkor. Biz nimalarni taklif eta olishimiz uchun odam jo‘natamiz", — dedi Minnixanov O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda.

Pribitie v Respubliku Tatarstan zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Gulomjona Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari ishchi tashrif bilan Tataristonga keldi

Tatariston rahbari shuningdek, "Tatneft" bosh direktori Nail Maganovga neft qazib olish borasida maslahatlar berish uchun O‘zbekistonga mutaxassislar jo‘natish vazifasini topshirdi.

Minnixanov o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Tatariston bozorida faolroq ish olib borishga chaqirdi.

"Sizlarda bor mahsulotlar bizda yo‘q va biz bu mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olmaymiz. Sizlarga agrosanoat parkidan joy ajratib beramiz. Sizlarda kuchli yengil sanoat bor, biz esa bu yo‘nalishda faqat importga bog‘langanmiz. O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega, biz sizlarga sharoit yaratib berish va qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdormiz", — dedi respublika prezidenti.

Tatariston prezidenti turistik aloqalar, mashinasozlik, qurilish, uy-joy xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, informatizatsiya, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni kuchaytirish lozimligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qozon shahriga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurgan. O‘zbekiston vakillari Tataristonning yetakchi korxonalari va oliy o‘quv yurtlari faoliyati bilan ham tanishadilar.

Yangiliklar lentasi
0