Tojikistonlik 100dan ortiq tadbirkorlar Toshkentga uchib ketishdi

© Ofitsialniy sayt / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Somon Eyr". Arxivnoe foto
Samolet aviakompanii Somon Eyr. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada mashinasozlik va tog‘-kon sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati hamda alyuminiy mahsulotlari namoyish etiladi.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Tojikistonning 130dan ortiq korxonasi vakillari 11-14 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan savdo-sanoat ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish etish uchun Toshkentga uchib ketishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbedagi ko‘rgazmada O‘zbekiston mahsulotlari talash bo‘lmoqda

Ko‘rgazmada mashinasozlik va tog‘-kon sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati hamda alyuminiy mahsulotlari namoyish etiladi.

Bu Tojikistonning O‘zbekistonda o‘tkazayotgan ilk mana shunday ko‘rgazmasi bo‘ladi. Dushanbeda ham 25-yil davomida ilk marta shu yilning 17-20 aprel kunlari O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan, unda 160dan ortiq ishlab chiqaruvchi qatnashgandi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati kunlari ham bo‘lib o‘tadi. Tojikiston rasmiy delegatsiyasi tarkibidan 44 nafar tojik san’at ustalari joy olgan.

Tojikiston madaniyati kunlari ertaga Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati kunlari so‘nggi marta 1997-yilda o‘tkazilgandi. Shu yilning may oyida Tojikistonda ilk bor O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0