TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiya havo kuchlariga tegishli Su-24 bombardimonchi samolyoti 10-oktabr kuni Suriyaning Xmeymim aerodromida halokatga uchradi, ekipaj qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, samolyot Xmeymim aerodromidan havoga ko‘tarilish uchun tezlikni oshirib borayotgan vaqti. Uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan. Ekipaj samolyotni tark etishga ulgurmagan va halok bo‘lgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, fojeaga samolyotning texnik nosozligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Harbiy muassasa xabariga ko‘ra, ushbu halokat tufayli yerdagi obyektlar zarar ko‘rmagan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Rossiya harbiy samolyoti bilan bog‘liq noxush hodisa 2015-yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti Rossiyaga qarashli bo‘lgan Su-24 bombardimonchi samolyotini orqa tomondan raketa bilan zarba bergan edi. Parashutda yerga tushayotgan uchuvchi Oleg Peshkovni esa, yerdan turib otib tashlashgan edi.