Germaniya deputati: Rossiyaning Su-24 samolyoti NATO yordamida urib tushirilgan

© AP Photo / U.S. Navy Samolet rossiyskix VVS Su-24
Samolet rossiyskix VVS Su-24 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundestag sobiq deputati Villi Vimmer aytishiga qaraganda harbiy samolyotni urib tushirish uchun birgina qiruvchi samolyotning o‘zi yetarli emas, uni maqsadga yo‘naltiruvchi boshqa samolyotlar ham kerak.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Suriya osmonida Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirishda NATO samolyotlari ham ishtirok etgan, degan fikrni bildirdi Germaniyalik deputat Villi Vimmer, RIA Novosti xabariga asosan.

“Men bilgan ma’lumotga ko‘ra, samolyot urib tushirishda bir AQSh va bir Saudiya Arabistoni uzoq radiolokatsion aniqlash (URLA) samolyotlari qatnashgan. Rossiyaning Su-24ga o‘xshash samolyotlarni urib tushirish oson emas, buning uchun qiruvchi samolyotni maqsadga yo‘naltirish kerak. Bu ishni faqat URLA samolyotlari amalga oshira oladi”, — dedi Villi Vimmer.

Vimmerning so‘zlariga qaraganda, amerika samolyoti Kiprdan parvozga ko‘tarilgan, ikkinchi samolyot esa Saudiya Arabistonidan uchgan. Odatda, NATO samolyotlari chegara buzgan samolyotni aniqlaganda, ma’lum yo‘riqnomaga ko‘ra ish tutadi. Qoida buzgan samolyot  ekipaji bilan fuqaro boshqaruv organlari aloqga chiqib, unga chegara buzilganligini xabar berishadi. Ushbu choralar natija bermagan holda uchuvchini qo‘nishga majbur qilishadi.

“Suriya osmonida bo‘lgan voqea esa, qabul qilingan xalqaro amaliyotga butunlay zid. Ular Rossiya samolyotini — o‘zlari xoxlagani uchun urib tushirgan”, — deb hisoblaydi Vimmer.

Deputat aytishiga ko‘ra, fojea kimningdir siyosiy qiziqishlari tufayli, xususan, gullab-yashnayotgan Rossiya va Turkiya munosobatlarini buzish uchun amalga oshirilgan.

Dastlab, Erdo‘g‘on Turkiya uchuvchisi yonini olgan bo‘lsada, keyinchalik u uchuvchilar samolyotni urib tushirish haqidagi qarorni mustaqil qabul qilgan — deb e’lon qildi. Bu bilan u o‘zining Moskvaga yaqin bo‘lish istagini bildirdi, deb so‘zini yakunladi Vimmer.

Yangiliklar lentasi
0