TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga akasi vafoti bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"Sizning akangiz Nuriddin Rahmonning bevaqt vafot etishi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi", — deyilgan maktub matnida.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning akasi Nuriddin Rahmon shanba kuni kechqurun 67 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar qilgan edi kuni kecha RIA Novosti.
Nashr xabariga ko‘ra, marhum Dushanbeda davolanayotgan bo‘lgan, u yerda tibbiyot xodimlari xulosasiga ko‘ra miokard infarktidan vafot etgan.
Nuriddin Rahmon hech qanday lavozimlarni egallamagan va so‘nggi yillarda pensiyada bo‘lgan.