TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning akasi Nuriddin Rahmon shanba kuni kechqurun 67 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Marhum Dushanbeda davolanayotgan bo‘lgan, u yerda tibbiyot xodimlari xulosasiga ko‘ra miokard infarktidan vafot etgan", — deb yozadi agentlik.
Agentlikning xabar berishicha, Nuriddin Rahmonning tanasi vertolet orqali marhum istiqomat qilgan Dangarin tumaniga yetkazilgan.
Xabarga ko‘ra, Emomali Rahmonning o‘zi ayni vaqtda marhumning yonida hamdardliklarni qabul qilmoqda. Dafn qilish marosimi yakshanba kuni ertalab o‘tkaziladi.
Nuriddin Rahmonning vafoti haqida Tojikistonda rasman e’lon qilinmagan. Nuriddin Rahmon hech qanday lavozimlarni egallamagan va so‘nggi yillarda pensiyada bo‘lgan.