Dasturchilar haydovchilar uchun "Kamera Bor" ilovasini ishlab chiqishdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishKamera slejeniya
Kamera slejeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kamera Bor ilovasi shuningdek, antiradar va xarita rejimida ham ishlay oladi. Ilovada Toshkent, Toshkent viloyati va butun O‘zbekiston Respublikasi xaritasi mavjud

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Dasturchilar haydovchilar uchun Kamera Bor ilovasini ishlab chiqishdi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana" nashri.

SAB LAB LLC tomonidan yaratilgan Kamera Bor Android-ilovasi haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga va jarima to‘lashdan qutulishga yordam beradi.

Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning yana 280 chorrahasida videoqayd kameralari paydo bo‘ladi
Ushbu ilova avtomobil harakatlanishi bo‘ylab joylashtirilgan video-qayd qilish kameralarinigina emas, balki kamera turi, ungacha bo‘lgan masofa, mashina harakatlanishi tezligi va cheklovlarni ham ko‘rsatadi.

Haydovchi ilova yordamida kameragacha bo‘lgan masofani belgilagach, belgilangan vaqtda ogohlantirish oladi. Ilovada signallarning bir nechta turi ko‘zda tutilgan: ovozli, biper, vibratsiya yoki stroboskop rejimi.

Ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston ko‘chalaridagi barcha kameralar haqida ma’lumot kiritilgan bo‘lishiga qaramay, Kamera Bor ilovasi faqatgina ishlayotgan kameralar haqida ogohlantiradi.

Ma’lumotlar bazasi yangilanib turadi. Ilova internetga ulanishni talab etmaydi.

Kamera Bor ilovasi shuningdek, antiradar va xarita rejimida ham ishlay oladi. Ilovada Toshkent, Toshkent viloyati va butun O‘zbekiston Respublikasi xaritasi mavjud.

Ilovani yuklab olish uchun Android 4.0 yoki undan keyin chiqqan versiyalar talab etiladi. Kamera Bor dasturini bepul yuklab olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0