Toshkentning yana 280 chorrahasida videoqayd kameralari paydo bo‘ladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan davr mobaynida 115 chorrahada o‘rnatilgan kameralar o‘z samaradorligini namoyish qildi - yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari keskin kamaydi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Yo‘l haqarati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini avtomatik ravishda qayd qilish kameralari Toshkentning yana 280 chorrahasida paydo bo‘ladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga IIV vakili.

IIV vakili aytishiga qaraganda yaqinda O‘zbekistonda videoqayd kameralari o‘rnatishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

"Kameralar o‘rnatishning ikkinchi bosqichi "Xavfsiz shahar" loyihasi doirasida taxminan ikki yil davomida amalga oshiriladi. Ushbu davr mobaynida kameralar bosqichma-bosqich ishga tushiriladi", — dedi vazirlik vakili.   

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda kameralar kiritish tizimi nafaqat kengaytirib, balkim, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida, yanada takomillashtirib ham boriladi.

Mobilniy kompleks videonablyudeniya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda YHQ buzilishini videoqayd qilish tizimi ishga tushdi

"Bizning xodimlar bir necha xorijiy mamlakatlarda bo‘lishdi. Masalan Xitoyda kameralar qoidabuzarlikning 10ga yaqin turini aniqlash imkoniga ega. Toshkentda esa bugungi kunda kameralar faqat 2 turdagi qoidabuzarlikni aniqlamoqda: tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o‘tib ketish. Ushbu yo‘nalishda ham ishlaymiz" — dedi IIV vakili.

 Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkentda kameralar har kuni 700 tadan dan 1000 tagacha qoidabuzarliklarni aniqlamoqda. Kameralar tomonidan qayd qilingan qoidabuzarliklar 3 kun ichida rasmiylashtirib, pochta orqali avtoulov egasiga yuboriladi. Agar avtomobil yuridik shaxs nomida bo‘lsa, firma direktoriga yuboriladi.

Avtoulov egasi jarimani 2 oy ichda to‘lashi shart, aks holda 61 kuni avtomobil jarima maydonchasiga joylashtiriladi. Yo‘l harakati xavfsizligi noziri tomonidan yozib berilgan jarimalarni to‘lash uchun bir oy muddat beriladi.

Yangiliklar lentasi
0