TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Moskvada 2004-yildan hozirgi kunga qadar “02” raqamiga telefon qilgan “telefon terrorchilari”ning asosiy qismi bu maktab o‘quvchilari ekanligi aniqlandi, dedi Moskva shahar IIB Bosh boshqarmasi navbatchilik xizmati boshlig‘i Tatyana Strujuk.
“Telefon qilganlar asosan maktab o‘quvchilari bo‘lib, ular shunday yo‘l bilan u yoki bu fandan “nazorat ishi” o‘tkazilishiga xalal bermoqchi bo‘lganlar”, — dedi Strujuk.
Politsiya xodimi xabariga ko‘ra, II Boshqarmasi Moskva Ta’lim departamenti bilan birgalikda nazorat ishlarini dars vaqtida emas qo‘shimcha vaqtda o‘tkazishga kelishib olishdi. Shunday yo‘l bilan maktab o‘quvchilarining darsga xalal berishini oldini olish mumkin.
Politsiya statistikasiga ko‘ra, 2004-yildan beri telefon qilayotgan odam manzilini aniqlovchi maxsus dastur yordamida, ko‘plab yolg‘on “terrorchilik”ning oldi olindi.
“2004 yilda biz yiliga yolg‘on xavflar haqida 4 ming xabr olardik, o‘tgan yili bo‘lsa bor yo‘g‘i 326 xabar oldik, yil boshidan buyon esa 65ta”, — dedi Strujuk.