TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat arboblari va san’atkorlaridan iborat delegatsiya O‘sh shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiyani O‘sh aeroportida vitse-mer Nurbek Qodirov, O‘sh viloyati siyosiy raisi o‘rinbosari Bayish Yusupov, shahar ahli kutib oldi.
Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston xalq artistlari va xizmat ko‘rsatgan artistlar, "O‘zbekiston", "Navbahor" raqs ansambllari, madaniyat va san’at arboblari joy olishgan.
O‘sh shahrida "Oyqiz ertagi" filmi namoyish etiladi, san’at ustalari ishtirokida konsert o‘tkaziladi.
"Zamonaviy O‘zbekiston" fotoko‘rgazmasini ham o‘tkazish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5-8 oktabr kunlari Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.