TOShKENT, 5 okt — Sputnik. 5-8 oktabr kunlari Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda 75 kishidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi. Delegatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazarbekov rahbarlik qiladi.
Dasturga ko‘ra, o‘zbek san’at ustalari ishtirokida tantanali ochilish marosimi va "Zamonaviy O‘zbekiston" nomli tasviriy san’at ko‘rgazmasi hamda o‘zbek badiiy filmlari namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.