TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlarning do‘st va qarindoshlari 14 nafar qurbonning shaxsini aniqlab berishdi. Bu haqda Vladimirdagi "Drujba" o‘zbeklar hududiy jamoat tashkiloti raisi Ulug‘bek Boltaboyevga tayanib iz.ru xabar qildi.
"Soat tungi uchdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 3 kishining shaxsi aniqlanmagan, 14 kishining shaxsi aniqlandi. Jasadlarning shaxsini aniqlash uchun Moskvadan Vladimirga bir nechta qurbonlarning qarindoshlari kelishdi, lekin jasadlar shaxsini asosan avtobusda birga bo‘lgan va hozirda Pokrovdagi vaqtinchalik joylashtiruv punktidagi yo‘lovchilar aniqlab berishdi", — degan Boltaboyev.
Bugun jasadlarning shaxsini aniqlash ishlari davom ettiriladi. Halokatda omon qolganlarni O‘zbekistonga olib ketish uchun kelgan samolyot shaxsni aniqlash ishlari yakunlanganidan so‘ng uchib ketishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 6-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida avtobus va yo‘lovchi poyezdi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Hodisa oqibatida 17 kishi hayotdan ko‘z yumdi.