TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTH munosabati bilan maxsus aloqa liniyasini ishga tushirdi.
"Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jabrlanganlarnining yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi FVVning telefon raqami: +998(71) 234-87-20;O‘zbekiston Respublikasi FVVning yagona ishonch telefoni: +998(71) 147-10-50, O‘zbekiston Respublikasi FVVning psixologik yordam ko‘rsatish: +998(71) 234-15-26 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin", deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Rossiya FVVning +7(495) 983-79-01 hamda yagona ishonch telefoni: +7(499) 216-99-99 raqamlariga ham murojaat qilish mumkinligi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 6-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida avtobus va yo‘lovchi poyezdi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Uning oqibatida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.