Toshkentda yirik valyutafurushlardan biri qo‘lga olindi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament noqonuniy valyuta savdogarlariga qarshi kurashish uchun maxsus tezkor mobil guruhlar tuzdi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Huquqni muhofaza qilish organlari poytaxtda yirik valyutafurushlaran birining faoliyatiga chek qo‘ydi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda noqonuniy valyutafurushlarga qarshi kurash davom etmoqda

MXX va Departament xodimlari uyida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Yakkasaroy tumanida yashovchi 38 yoshli Baxtiyor Tojiyevni qo‘lga olishdi.

"Uning yashash joyi ko‘zdan kechirilganida 110 yevro, 19,1 ming dollar va 268,5 million so‘m borligi aniqlandi. Pullar "Ipoteka bank" ATIBga topshirildi", — dedi kuch ishlatish tizimi vakili.

Bundan tashqari, Xonobod shahrida (Andijon viloyati) o‘tkazilgan maxsus operatsiyada 27 yoshli Kamoliddin Yunusov va 29 yoshli Azizbek Botirov 5600 dollarni 45,6 million so‘mga alishtirayotganida ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament mazkur holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Yangiliklar lentasi
0