O‘zbekistonda noqonuniy valyutafurushlarga qarshi kurash davom etmoqda

Obuna bo‘lish
"Qora bozor"ga qarshi kurash doirasida 12 ming dollarni sotishga uringan valyutafurush qo‘lga olindi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari noqonuniy valyuta savdogarolriga qarshi reydlar o‘tkazishda davom etishmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
MXX O‘zbekiston bo‘ylab valyutafurushlarga qarshi reydlar o‘tkazdi

"Qora bozor"ga qarshi kurash doirasida Toshkent shahar Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda maxsus operatsiya o‘tkazishdi.

"Natijada 36 yoshli Dilmurod Azizov Yakkasaroy tumanidagi 1-notarial idora oldida 12 ming dollarni 97,8 million so‘mga sotishga uringanida qo‘lga olindi", — dedi kuch ishlatish tizimi vakili Sputnik muxbiriga.

Yana bir reyd Xorazm viloyati Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazildi. Shovot tumanida yashovchi Safarboy Nurjonov 5800 dollarni 46,8 millionga sotib olayotganida ushlandi. Uning yonidan shuningdek, 850 dollar, 56 ming qozo tengesi, 1500 rubl va 53 ming so‘m topildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan D.Azizov va S.Nurjonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0