Smartfonda to‘xtovsiz o‘yin o‘ynagan xitoylik qizning ko‘zi ko‘rmay qoldi

© Jeshu JohnIspolzovanie mobilnix prilojeniy v smartfone
Ispolzovanie mobilnix prilojeniy v smartfone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoylik qizning aytishicha, u o‘yinga shu qadar berilib ketganki, ishdan keyin va dam olish kunlari smartfonni qo‘ldan qo‘ymagan

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Xitoyda yashovchi ayolning smartfonda to‘xtovsiz o‘yin o‘ynaganidan so‘ng bir ko‘zi ko‘rmay qoldi, deb xabar qildi South China Morning Post nashri.

Samsung Galaxy Note 7 telefoni - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda tualetga tushib ketgan Samsung Galaxi dastidan uch kishi halok bo‘ldi
Nashrda yozilishicha, 21 yashar qiz smartfonda kun bo‘yi to‘xtovsiz o‘yin o‘ynagan, oqibatda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan. Unga o‘ng ko‘zi to‘rsimon pardasi arteriyalari okklyuziyasi tashxisi qo‘yilgan.

Xitoylik qizning tan olishicha, u o‘yinga shu qadar berilib ketganki, ishdan keyin va dam olish kunlari smartfonni qo‘ldan qo‘ymagan.

"Ishda bo‘lmagan kunlarim, men odatda ertalab soat 6da turaman, nonushta qilaman va kunduz soat 4gacha o‘ynayman. O‘yinga berilib ketgan vaqtlarimda tushlik qilishni ham unutib qo‘yaman", — deb hikoya qilgan u.

Nashr shuningdek shifokor so‘zlarini ham keltirib o‘tgan. Vrach ta’kidiga ko‘ra, ko‘z pardasi arteriyalari okklyuziyasi asosan qariyalarda uchraydi va yoshlarda kamdan-kam holatlarda namoyon bo‘ladi. Ayol ko‘zi o‘ta kuchli zo‘riqish tufayli ko‘rmay qolgan bo‘lishi mumkin, deb xulosa qilgan shifokor.

Yangiliklar lentasi
0