Jahonda 2016-yilda mojarolar tufayli 8 ming nafar bola halok bo‘lgan yoxud jabrlangan

© AFP / Ahmad AL-BASHAYemenskie deti igrayut v lagere dlya bejensev
Yemenskie deti igrayut v lagere dlya bejensev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Antoniu Guterresh 2016-yilda mojaroli holatlarda 8 ming nafardan ziyod bolalar halok bo‘lishgani yoxud jarohatlanishganidan qattiq iztirobda

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘tgan yilda dunyoda ro‘y bergan turli qurolli mojarolar oqibatida 8 ming nafardan ziyod bolalar halok bo‘lishgan yoxud turli jarohatlarni olishgan, deb xabar qildi BMTning rasmiy vakili Stefan Dujarrik.

Qochoqlar avtobus stansiyasi yonida. - Sputnik O‘zbekiston
BMT: minglab suriyalik bolalar fuqaroliksiz qolishi mumkin
Uning so‘zlariga ko‘ra, xususan Afg‘onistondagi mojaro davomida o‘tgan yilda 3512 nafar bola halok bo‘lgan yoxud jarohatlangan, Suriyada bu ko‘rsatkich — 1915 nafarni, Yamanda — 1340 nafarni tashkil qilgan.

"Bosh kotib (Antoniu Guterresh) 2016-yilda mojaroli holatlarda 8 ming nafardan ziyod bolalar halok bo‘lishgani yoxud jarohatlanishganidan qattiq iztirobda… U ayrim davlatlar hukumatlari va ba’zi nodavlat tashkilotlar BMT bilan birgalikda (bolalar o‘limi ko‘rsatkichini qisqartirish ustida ish olib borishayotgani) ishlashayotganidan mamnun", — deyiladi Dujarrik bayonotida.

Sal oldinroq BMT Saudiya Arabistoni boshchiligidagi "Islom davlati" (ID, RFda ta’qiqlangan) terrorchilik uyushmasiga qarshi kurashish  koalitsiyasini Yamandagi mojarolar davomida bolalar qotilligi va ularga shikast yetkazganlikda aloqasi bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Shuningdek "qora ro‘yxat"dan Yaman hukumati kuchlari vakillari bo‘lgan xusitlar, shuningdek "Al-Qoida" a’zolari kiritilgan.

Yamandagi harbiy-siyosiy mojaro 2014-yildan beri davom etib kelmoqda. BMTning tinchlik o‘rnatish bo‘yicha qilgan harakatlari muvaffaqiyatli yakunlanmadi.

Suriyada qurollangan mojaro 2011-yilning martidan davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqtgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 220 ming nafardan ziyod halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0