BMT: minglab suriyalik bolalar fuqaroliksiz qolishi mumkin

© Sputnik / Sergey Stroitelev / Mediabankka o‘tishQochoqlar avtobus stansiyasi yonida.
Qochoqlar avtobus stansiyasi yonida. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyalik qochoqlarning aksariyatida hech qanday hujjat yo‘q, ular ro‘yxatdan ham o‘tishmagan. Qochoqlar ayni paytda juda qaltis ahvolda, deydi qochoqlar ishi bo‘yicha BMT Bosh Komissari Antoniu Guterresh.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik, Olga Denisova.

Minglab suriyalik bolalar kelajakda fuqaroliksiz qolishi mumkin, ta’kidladi BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha Bosh komissari Antoniu Guterresh Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘inida ishtirok etar ekan, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Qochoqlar ishi bo‘yicha BMT Bosh komissari boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda Yevropa mamlakatlariga millionga yaqin kishi kirib kelgan bo‘lsa, shularning teng yarmi suriyaliklardir. Jahon bankining so‘nggi tadqiqoti Iordaniya va Livandagi har 10 suriyalikning 9tasi o‘ta nochor, qashshoq ahvolda yashashini ko‘rsatdi.

Damashq. Ko‘xna shahar. - Sputnik O‘zbekiston
Urush va tinchlik: Suriya tinch aholisi hayotidan fotolavhalar

“Begona yurtda rasman ishga joylashish imkoniyatidan mahrum qochoqlarning ahvoli nihoyatda zaif. Ular boshqa davlatlardan ko‘rsatiladigan gumanitar yordamga qarab qolishgan. O‘z oilasini boqish uchun qarz olishdan boshqa choralari yo‘q.

Hozirgi sharoitda Suriya oilalarida tarbiya topayotgan bolalarning yarmi maktabga boradi. Ko‘plab murg‘ak qalblar ish qidirishga majbur, qiz bolalar esa erta turmushga berilmoqda. Bu ketishda, Suriyalik oilalarda voyaga yetayotgan minglab bolalar kelajakda fuqaroliksiz qolishlari mumkin”, deydi Guterresh.  

Gumanitar masalalari bo‘yicha BMT Bosh kotibi yordamchisi Kung-va Kang fikricha, Suriya aholisining yarmidan ko‘pi mamlakatdagi mojaro tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan. 6 millionga yaqin kishi mamlakat ichida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, 4 million kishi mamlakatdan qochishga majbur bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0