Mirziyoyev Vladimirdagi YTH munosabati bilan maxsus komissiya tuzishni buyurdi

Obuna bo‘lish
Jabrlangan hamda vafot etganlarning yaqinlariga Hukumat tomonidan barcha zarur yordamlar ko‘rsatiladi

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining maxsus samolyoti orqali jabrlangan va vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarishni tashkil etish doirasida Hukumat komissiyasini tuzish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tergov qo‘mitasining Vladimir fojiasi haqidagi bayonoti

6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd va avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Xabarlarga qaraganda, avtobusda 55 nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bo‘lgan. Fojia oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘lganligi aytilmoqda.

YTHga uchragan fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan choralar ko‘rilmoqda.

Jabrlangan hamda vafot etganlarning yaqinlariga Hukumat tomonidan barcha zarur yordamlar ko‘rsatiladi.

Yangiliklar lentasi
0