TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya tergov qo‘mitasi bugun tongda Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan fojeali YTHni bir necha yo‘nalish bo‘yicha tekshirmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xususan, Moskva hududlararo Tergov qo‘mitasining Transport bo‘limi vakili Yelena Markovskaya aytishiga qaraganda Tergov qo‘mitasi avtobus haydovchilari va temiryo‘l xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni o‘rganmoqda.
“Tergov qo‘mitasi bo‘lib o‘tgan voqeaning bir necha versiyalarini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida – temiryo‘l xizmati xodimlari tomonidan harakat qoidalarini buzish va avtobus haydovchisi tomonidan temiryo‘l kesishmasidan o‘tishda yo‘l-harakati qoidalariga amal qilmaslik versiyalari”, — dedi Markovskaya.
Shuningdek, Tergov qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan yana bir versiya – bu avtobus nosozligidir.
Ayni damda YTH sodir bo‘lishi tufayli Rossiya JKning 263 bandi 3 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. JKning ushbu bandi – ikki yoki undan ko‘p kishining o‘limiga olib kelgan temryo‘l, dengiz, havo transporti ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzishni nazarda tutgan.