Vladimirdagi fojia tafsilotlari - dastlabki xulosalar

© MChS RF / Mediabankka o‘tishAvtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti
Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Co‘nggi xabarlarga ko‘ra fojiada 16 kishi qurbon bo‘lgan, ulardan 1 nafari yosh bola, 1 nafari qozog‘iston fuqarosi. 5 kishi og‘ir ahvolda Vladimir viloyati kasalxonalariga olib kelingan, ular orasida ikki nafar yosh bolalar har bor.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Vladimir viloyatida halokatga uchragan avtobusda 55 nafar O‘zbekistonlik mehnat migrantlari bo‘lgan. Ular orasida ayollar va bolalar ham bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Rossiya 24 telekanali.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirliginig so‘nggi xabariga ko‘ra 16 kishi qurbon bo‘lgan, ulardan 1 nafari yosh bola. Haydovchilardan bir nafari ham qurbon bo‘lgan. Undan tashqari yana 5 kishi og‘ir ahvolda Vladimir viloyati kasalxonalariga olib kelingan. Ular orasida ikki nafar yosh bolalar har bor.

Stolknovenie poyezda s avtobusom na jeleznodorojnom pereyezde v Petushinskom rayone Vladimirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Bir guruh O‘zbekiston fuqarolari Vladimir yaqinida poyezd tagida qolib halok bo‘ldi

Ayni damda Vladimir viloyatining Petushki aholi punktida fojia sodir bo‘lgan temiryo‘l pereyezdida yuzlab mutaxassislar ishlamoqda. Ular orasida tez tibbiy yordam, FVV xodimlari, temiryo‘lchilar, huquqni saqlash organlari xodimlari va boshqalar bor.

Mutaxassislar dastlabki  xulosasiga ko‘ra, YTHning bunday fojiali yakun topishiga asosiy uchta sabab bo‘lgan:

1. Avtobus haydovchisi pereyezddagi svetoforning ta’qiqlovchi qizil signaliga qaramasdan temir yo‘lni kesib o‘tishga uringan

2. Avtobus dvigateli nosoz bo‘lgani tufayli, ayni temiryo‘l ustida u o‘chib qolgan

3. Avtobus haydovchisi birinchi navbatda barcha yo‘lovchilarni salondan chiqarish o‘rniga, bir guruh yo‘lovchilar yordamida avtobusni surib yo‘l chetiga chiqarmoqchi bo‘lgan.

Qozog‘ison davlat raqamiga ega bo‘lgan eski "Mersedes" avtobusi ichida 57 kishi bo‘lgan. Ulardan 2 nafari haydovchi, 55 nafari yo‘lovchilar bo‘lgan.

Stolknovenie poyezda s avtobusom na jeleznodorojnom pereyezde v Petushinskom rayone Vladimirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Fojia kadrlari: poyezd ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobusni urib ketdi

Telekanal xabariga ko‘ra temir yo‘lini kesib o‘tish joyi svetofor va barcha kerakli signal beruvchi qurilmalar bilan a’lo darajada jihozlangan va ularning barchasi ishlab turibdi.

Tungi soat 03:39da pereyezddan o‘tayotgan avtobusning ayni temir yo‘l ustida dvigateli ishlamay qoladi. Haydovchi bir guruh yo‘lovchilar bilan avtobusni surib yo‘l chetiga chiqarishmoqchi bo‘ladi, lekin buning iloji bo‘lmaydi. Shu vaqt pereyezdga "Sankt-Peterburg Nijniy Novgorod" tezurar poyezdi katta tezlikda yaqinlashib kela boshlaydi. Tashqarida bo‘lgan migrantlar buni ko‘rib chetga qochadi. Poyezd katta tezlikda kelib urilib, avtobusni ikki qismga bo‘lib yuboradi. Avtobusning orqa qismi joyida qoladi, oldini esa poyezd 200 metr nariga sudrab ketadi. To‘qnashuv natijasida poyezd kabinasida ham yong‘in chiqadi.

Rossiya FVV xabariga ko‘ra, poyezd mashinisti va yo‘lovchilaridan hech kim zarar ko‘rmagan

Yangiliklar lentasi
0