Bir guruh O‘zbekiston fuqarolari Vladimir yaqinida poyezd tagida qolib halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Yarim kechasi avtobus Vladimir viloyatidagi pereyezdga kelganida yurmay qolgan, yo‘lovchilar orasida 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan, 50 kishidan 34 nafari avtobusni tark etishga ulgurgan, qolganlari poyezdning avtobusga kelib to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lishgan

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Vladimir viloyatida avtobus va poyezd ishtirokidagi YTHda 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi, deb xabar qildi RIA Novosti Vladimir viloyati gubernatori Rita Shlyaxovadan olingan ma’lumot asosida.

Ma’lum bo‘lishicha, jumaga o‘tar kechasi Qozog‘iston raqamidagi avtobus Vladimir viloyatida temir yo‘l pereyezdida poyezd bilan to‘qnashib ketgan. 

Rossiya Tergov Qo‘mitasi Moskva shahar transport tergov boshqarmasi 17 kishi avariya qurboni bo‘lgani haqida ma’lum qilgan.

"Bugun oqshom ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Qozog‘iston davlat raqamiga ega avtobus Orexovskiydagi tirbandlikni aylanib o‘tayotgan mahal pereyezdda avtobus yurmay qolgan. Avtobusdagi odamlar uyquda bo‘lishgan, ularning soni 50 nafar bo‘lgan, haydovchi baqirgan, avtobusdan 34 kishi yugurib chiqishga ulgurishgan. Yugurib chiqqanlar tirik qolgan, avtobus ichida qolganlar halok bo‘lishgan. Poyezdning avtobusga kelib urilishi natijasida avtobus parchalanib ketgan", — degan Shlyaxtina.

Yangiliklar lentasi
0