Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishTojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z navbatida, Tojikiston prezidenti ham O‘zbekiston prezidentiga samimiy tabrik va yuksak e’tibor uchun chuqur minnatdorlik bildirdi

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi Hukumat portali.

Ta’kidlanishicha, Mirziyoyev muloqot avvalida Tojikiston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etgan.

Prezidenti Tadjikistana Emomali Raxmon, prezident Uzbekistana Shavkat Miriyoyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na sammite arabo-musulmanskix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida munosabatlar qanday rivojlanmoqda?
Muloqotda ikki davlat o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, oliy va yuksak darajada bo‘lib o‘tadigan tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot so‘ngida Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni yana bir bor samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq va ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st tojik xalqiga tinchlik, osoyishtalik va farovonlik tiladi.

O‘z navbatida, Tojikiston prezidenti ham O‘zbekiston prezidentiga samimiy tabrik va yuksak e’tibor uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham birgalikda rivojlantirishga tayyor ekani qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0