Vatan va vatanparvarlar haqida

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hammamiz ham tug‘ilgan makonimizni bir umr ulug‘laymiz. Vatanga nisbatan ko‘nglimizda iliq bir tuyg‘u har doim bo‘y ko‘rsataveradi. Biroq, bugun, buyumparastlik, moddiy boylikka intilgan dillarimizda Vatan tuyg‘usi anchayin o‘tmaslashganday. Bu ko‘nglida hali tug‘ilgan yurt, ota-ona kabi tushunchalar o‘ta o‘tkir bo‘lgan yoshlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda

Yaqinda katta mansabda o‘tirgan yosh yigit bir yig‘iishda imkoni bo‘lganda chekka qishloq maktabiga borib, ta’lim qanaqa bo‘lishini o‘zi shaxsan ko‘rsatgan bo‘lishi haqida ancha gapirdi. Savol tug‘iladi, nima xalaqit berapti? Hozir ayni kuchga to‘lgan, yelib-yugurib ishlash, tajriba orttirish kerak bo‘lgan davrda, lavozimga o‘tirib, gapirish oson. Lekin amaliy ish bilan shug‘ullanish, shu vatan, shu yurt, uning odamlari uchun shaxsan o‘zi nimadir qilish — hammagayam emas.

Devushka na sbore xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Paxta tugadi: talabalar qaytapti - bu xabarga Facebook foydalanuvchilari munosabati

Eng yomoni — Vatan faqat minbarlarda aytiladigan so‘zga aylanganga o‘xshaydi. Ehtiros bilan gapirsak bo‘ldi, vatan oldidagi burchimizni bajargan hisoblaymiz.

Sportchilarimiz yutsa, chet ellarda bayrog‘imiz ko‘tarilsa, gimnimiz yangrasa — ichki his-tuyg‘ularimiz jo‘shib ketadi. Lekin Vatan faqat yaxshi kunlarida, yutuqlarga erishganda faxrlanadigan, so‘ng unutiladigan xilqat emas.

Gap, albatta, paxta terimida ham emas, lekin ushbu holat bizning vatanga muhabbatimiz darajasini ko‘rsatganday.

Internet makonida paxta xususida yoshlarning ko‘plab iddaosini uchratish mumkin. Bu haqda ular go‘yoki begona, or sanaladigan ishday yozishadi.

Bilamiz, bir vaqtlar arzimas pul evaziga majburlash paxta haqidagi xalqning fikrini yomon tomonga burib yuborgan. Biroq hozir mustaqilmiz, o‘z topganimiz o‘zimizga xizmat qiladi. Zamon o‘zgardi, sharoit o‘zgardi, tartib o‘zgardi, biroq odamlarning bu masalaga munosabati qoldi.

Bunga o‘tgan tuzumning aloqasi ham yo‘qdir. Shunchaki, anchayin yengillikka ko‘nikkan yoshlar ishlashni yoqtirmas.

Ularga o‘z vatani, millati, xalqi farovonligi uchun ishlash yoqmas?

Sdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Ishsiz fuqarolarga eng kam ish haqi to‘lab yangi kasb-hunar o‘rgatiladi
"Ish yo‘q", deydigan son-sanoqsiz yoshlar nega terimga chiqishni istamaydi? Shuyam ish-ku! Ular paxta terish darajasida vatanparvar bo‘lisholmasa, paxta terish darajasida ishsiz bo‘lishmasa kerak-da. Bizga birdan va hammasi bo‘lishi lozim. Kamiga rozi emasmiz.
Bizning vatanparvarligimiz birovlarning yaxshi kunida atrofida girdikapalak bo‘lib, ertaga, muammosi chiqsa tanimay ketadigan tilog‘lamalarning harakatiga o‘xshayapti.

Vatanimiz nomi ulug‘ joylarda qayd etilsa, faxrlanamiz, o‘zimizning shu yurt farzandi ekanimizdan g‘ururlanamiz, biroq Vatanning biror yumushi chiqsa, "paxtasini o‘zi terib olsin", degancha chekaroqqa qochamiz. Biz vatanning erkatoy bolalariga o‘xshab qolgandaymiz.

Erkatoy farzandlarni bilasiz-ku, biror foyda bo‘lsa, ota-ona atrofida girdikapalak, yumush buyursang, yetti chaqirimdan ham topolmaysan.

Nahotki, vatan haqida qo‘shiq aytsam mukofot olaman degan san’atkorga, vatan haqida she’r yozib, tamada yurgan shoirga o‘xshab qoldik?

Vatan uchun, faqat til bilan emas, kichikina bo‘lsa-da aql, qo‘l, harakat bilan shaxsan va amaliy ish qiladigan payt kelgan.

Va, umuman, faqat chiroyli gapirgan odamnigina vatanparvar sanash odatimizdan ham voz kechsak bo‘lardi. Bu odat lo‘ttivozlarni, demagoglarni yuzaga keltirib, to‘rga olib chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0