Farg‘ona vodiysini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi yangilanadi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVodoprovodniy kran
Vodoprovodniy kran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxasisslar keng ko‘lamli gidrogeologik ishlar amalga oshirib, Farg‘ona vodiysi hududini ichimlik suv zahiralarini baholash, va uning hajmini oshirish bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Farg‘ona vodiysi aholisini 2022-yilga qadar  ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini yaxshilashga qaratilgan choralarni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bugungi kunda Farg‘ona vodiysida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi o‘rtacha 71 %ni tashkil qilmoqda. Jumladan Andijon viloyatida— 74,6%, Namanganda — 65,2% va Farg‘onada— 74,1%.

Aholi iste’mol qiladigan asosiy ichimlik suv manbai – yer osti suvlaridir. Afsuski, bunday manbaalar hamma joyda ham yo‘q. Ustiga ustak ularning ayrimlarida suv sifati buzilgani qayd etilmoqda. Yana bir muamma mavjud quduqlarda (skvajina) o‘rnatilgan asbob uskunalar ham eskirgan va ayrimlari ishdan chiqqan.

Aydarko‘l - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga 396 milliard so‘m ajratiladi

Ushbu muammolar, aholi soni doimiy  ravishda o‘sib borayotgan, ko‘plab yangi inshootlar qurilayotgan hududda muammoni yanada murakkablashtirmoqda.

Shu sababdan O‘zbekiston hukumati hududda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini qayta ko‘rib chiqish, uni yaxshilash va kengaytirishga qaratilgan dastur qabul qildi.

Ushbu dastur doirasida, mutaxasisslar keng ko‘lamli gidrogeologik ishlar amalga oshirib, Farg‘ona vodiysi hududini ichimlik suv zahiralarini baholash, va uning hajmini oshirish bilan shug‘ullanadi. Ushbu maqsadlar uchun 54 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mablag‘ning 1,3 mlrd so‘mi 570 ta quduqlarni ta’mirlanishi va qayta qurishga sarflanadi. Natijada sutkasiga aholiga yetkizib berilayotgan ichimlik suvi hajmi 338,3 ming kubometrni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0