TOShKENT, 5 okt — Sputnik. "O‘zbekiston pochtasi" AJ 5-oktabrdan boshlab bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligini 30 kg.gacha oshirdi. Bu haqda "O‘zbekiston pochtasi" axborot xizmati ma’lum qildi.
"Shu kunga qadar bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 20 kg gacha qabul qilingan va jo‘natib kelingan edi. Endi esa mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 30 kg gacha oshirildi", deyiladi xabarda. i.
"O‘zbekiston pochtasi" AJ 1994-yildan boshlab Butunjahon pochta ittifoqining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi hamda shunga asosan barcha davlatlar bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi.