Oksana Chusovitina jarohati bo‘lsa-da jahon chempionati final bosqichiga chiqdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2016. Gimnastka Oksana Chusovitina vistupit na 7-y Olimpiade v karyere
Olimpiada-2016. Gimnastka Oksana Chusovitina vistupit na 7-y Olimpiade v karyere - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gimnastika tarixida yettita Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Chusovitina 2017-yilgi jahon chempionati saralash natijalariga ko‘ra 14,349 ball bilan finalga chiqdi

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. 1992-yilgi Olimpiadada Birlashgan jamoa tarkibida chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhur gimnastikachi Oksana Chusovitina Monrealdagi sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati final bosqichiga chiqdi. Bu haqda R-Sport xabar bermoqda. Gimnastikachi musobaqaga jiddiy jarohat bilan kelganligini, lekin bu uning tayanib sakrash bo‘yicha final bosqichiga chiqishiga xalaqit bermaganligini bildirgan.

Oksana Chusovitina na turnire v Meksike - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina olimpiadada sakkizinchi bor qatnashishga tayyorlanmoqda

Gimnastika tarixida yettita Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Chusovitina 2017-yilgi jahon chempionati saralash natijalariga ko‘ra 14,349 ball bilan finalga chiqdi.

Chusovitinadan jahon chempionatida qanday natijadan qoniqishini so‘rashganida u shunday javob qaytardi: "Final sakkizligiga kirganimdan qoniqish hosil qildim. Buyog‘iga kurash yana noldan boshlanadi. Hozir chiqishlarimdan o‘zim ham, ko‘psonli omma ham zavq olmoqda. Ularning qo‘llab-quvvatlashi menga qo‘shimcha ku, ishonch va yanada uzoqroqqa borishim uchun xohish beradi".

Oksana Chusovitina 1990-yilda sobiq SSSR terma jamoasida faoliyatini boshlagan. 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan Olimpiadada u Birlashgan jamoa (MDH) tarkibida Olimpiada chempioni bo‘lgan.

Chusovitina — uch marta jahon chempioni bo‘lgan hamda 2008-yilgi Olimpiadaning kumush medali sohibasi.

Yangiliklar lentasi
0