Oksana Chusovitina olimpiadada sakkizinchi bor qatnashishga tayyorlanmoqda

© NOK UzbekistanaOksana Chusovitina na turnire v Meksike
Oksana Chusovitina na turnire v Meksike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda jahonning uch marta chempioni va Yevropa chempioni bo‘lgan Oksana Chusovitina yettita Olimpiadada qatnashgan gimnastika tarixidagi yagona sportchi hisoblanadi

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina sakkizinchi bor Olimpiadada ishtirok etib o‘z rekordini yangilamoqchi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Gimnastikachi Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xabarda aytilishicha, 42 yoshli sportchi tayyorgarlikni boshlab yuborgan. U buning uchun 27-sentabrdan 9-oktabrgacha Monreal (Kanada)da bo‘lib o‘tadigan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida qatnashishni mo‘ljallamoqda.

"Ushbu jahon chempionatida qatnashaman, chunki Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorlanishga qaror qildim. Ushbu maqsadimga qadamba-qadam erishaman. Bu mening orzum va uni amalga oshirishni istayman. Hech qachon afsuslanmaslik uchun bunga urinib ko‘rmoqchiman", — degan Chusovitina.

Bugungi kunda jahonning uch marta chempioni va Yevropa chempioni bo‘lgan Oksana Chusovitina yettita Olimpiadada qatnashgan gimnastika tarixidagi yagona sportchi hisoblanadi. U o‘tgan yili Rio Olimpiadasida ishtirok etganida 41 yoshu 56 kunlik edi. U Olimpiadalarda qatnashgan eng yoshi ulug‘ gimnastikachi sifatida ham rekordga erishgan.

Yangiliklar lentasi
0