Almazbek Atambayev Toshkentga yetib keldi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Bugun Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Toshkent shahriga yetib keldi. Martabali mehmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bu haqda telegraf.uz xabar bermoqda.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev Mirziyoyev tashrifi haqida: bu tashrif - xalqlarimiz uchun tarixiy voqea

Qirg‘iziston prezidenti 5-6 oktabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan respublikada bo‘ladi.

Ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyuradilar.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0