O‘zbekistonda 2008-yilda qamalgan jurnalist Solijon Abdurahmonov ozodlikka chiqarildi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki kun ilgari yana bir huquq himoyachisi A’zam Farmonov ozodlikka chiqarilgandi

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi kunlar davomida yana bir huquq himoyachisi ozodlikka chiqarildi. Kecha qoraqalpog‘istonlik jurnalist Solijon Abdurahmonov koloniyadan ozod etildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

SIZO - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda huquq himoyachisi A’zam Farmonov ozodlikka chiqarildi

U 2008-yilda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatda ayblanib 10-yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Abdurahmonov o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolar, korrupsiya va inson huquqlari to‘g‘risidagi materiallari bilan tanilgan. May oyida jurnalist 67 yoshni qarshiladi.

Ikki kun ilgari yana bir huquq himoyachisi A’zam Farmonov ozodlikka chiqarilgandi. U 2006-yilda ta’magirlikda ayblanib 9-yilga ozodlikdan mahrum etilgan, 2015-yilda esa muassasa qoidalariga bo‘ysunmaganligi uchun jazo muddatiga 5-yilu 26 kun qo‘shilgandi.

Ekspertlarning baholashlaricha, bu harakatlar O‘zbekiston hukumatining inson huquqlari borasida xalqaro meyorlarga rioya qilishga urinayotganligini ko‘rsatadi. Va bu siyosiy, ijtimoiy va huquq himoyasi sohasidagi keng miqyosdagi islohotlarning boshlanishidir.

Yangiliklar lentasi
0