TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonda huquq himoyachisi A’zam Farmonov ozod etildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Huquq himoyachisi 2006-yilda ta’magirlikda ayblanib qamoqqa olingandi. U 9-yilga ozodlikdan mahrum etilgan, 2015-yilda muassasa tartibiga bo‘ysunmaganligi uchun jazo muddati yana 5-yilu 26 kunga uzaytirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston hukumati uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan huquq himoyachilari Muhammad Bekjonov, Murod Jo‘rayev, Erkin Musayev, Jamshid Karimov va boshqalarni ozodlikka chiqargandi.
Qayd etish joiz, bugungi kunda O‘zbekiston ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar borasida jahonda eng past ko‘rsatkichlardan biriga ega. Mamlakatda har 100 ming kishiga 137 nafar mahkum to‘g‘ri keladi, bu MDH va Yevropa mamlakatlari orasida eng past ko‘rsatkichlardan biridir. O‘zbekiston jazoni o‘tash muassasalari o‘rtacha 80%ga to‘lgan.