TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Navoiy shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarni pullab yurgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Firibgar mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari ekanligi aytilmoqda.
"F.T.ning ustidan kelib tushgan arizada, u Navoiy shahrining 18-mikrorayon hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 8 ta ikki xonali va 4 ta bir xonali uylarni olib berishini va’da qilib, fuqarolardan 1 mlrd. 30 mln. 400 ming so‘m pulni olib, qochib yurgani ko‘rsatilgan. Firibgar rahbar ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi".
Ayni vaqtda Navoiy shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limida unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.