Yer uchastka uchun 9100 dollar undirmoqchi bo‘lgan namanganlik firibgar qo‘lga olindi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchi yer uchastkalarni ajratish masalasini pul evaziga hal etishga va’da bergan

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Namangan viloyati bo‘yicha MXX boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari yer uchastkasini ajratish borasida firibgarlik bilan shug‘ullangan jinoyatchini qo‘lga oldilar, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga huquqni muhofaza qilish organidagi manba.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
MXX O‘zbekistonni noqonuniy valyutafurushlardan tozalayapti

Namangan shahrida istiqomat qiluvchi avval sudlangan va hech qayerda ishlamaydigan 42 yoshli Ma’ruf Yuldashev firibgarlik sodir etgan.

"Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Namangan shahar hokimiyatida tanish-bilishi borligini aytib, yer uchastkalar ajratish va rasmiylashtirish masalasini hal qilishga va’dalar bergan. Bu "yordami" uchun 9,1 ming dollar talab qilgan. Tezkor tadbir natijasida Yuldashev pul olayotganda qo‘lga olindi", — deb ta’kidladi MXX vakili.

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Yuldashevga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yil aprel oyida MXX xodimlari tomonidan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani fermerlar kengashi raisi Sherzod Po‘latov va yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i Elorbek Nodirov pul olayotganda qo‘lga olingan edi. Ular To‘raqo‘rg‘on tumanida issiqxona va asfalt ishlab chiqarish korxonasi barpo etish uchun 2 gektar maydon yer uchatkasini ajratilishida yordam berish evaziga xususiy korxona rahbaridan 26 ming dollar talab qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0