Kim Chen Ir atom bombaga egaligi haqida 2001-yildayoq so‘zlab bergan - Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tish4 oktabrya 2017. Prezident RF Vladimir Putin vistupayet na plenarnoy sessii "Energiya dlya globalnogo rosta"
4 oktabrya 2017. Prezident RF Vladimir Putin vistupayet na plenarnoy sessii Energiya dlya globalnogo rosta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin KXDRga qarshi sanksiyalar qo‘llash yo‘li bilan mavjud muammolarga yechim topib bo‘lmasligini ta’kidladi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2001-yilda Shimoliy Koreyada bo‘lganida, KXDRning o‘sha vaqtdagi rahbari Kim Chen Ir Pxenyan atom bombaga ega ekanligi haqida so‘zlab berdi.

KNDR otmechayet 60-yu godovshinu okonchaniya Koreyskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya Tramp nutqiga javoban Tinch okeanida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazmoqchi
"Men, chamamda, 2001-yilda Yaponiyaga borayotib Shimoliy Koreyada bo‘ldim, u yerda hozirgi rahbarning otasi bilan uchrashganman. U menga o‘sha vaqtdayoq ularda atom bomba borligini aytgan. Shunday. Bundan tashqari u menga biz oddiyroq artilleriya tizimlari yordamida xohlagan narsamizgacha yetib bora olamiz degan", — deb aytgan Putin Rossiya energetika haftaligi yalpi sessiyasida.

"Bu qachongi gap? 2001-yilgi. Hozir 2017, mamlakat muntazam davom etayotgan sanksiyalar sharoitida yashamoqda, atom bombasi o‘rniga endi ular vodorod bombasiga ega bo‘ldi. Oddiy artilleriya tizimlari o‘rnini — 2700 kilometr, va hatto 5 ming kilometrgacha yetib bora oladigan raketalar egalladi", — aniqlik kiritdi Rossiya prezidenti.

Putin KXDRga qarshi sanksiyalar qo‘llash yo‘li bilan mavjud muammolarga yechim topib bo‘lmasligini ta’kidladi. U shuningdek, sal oldin Shimoliy Koreya bilan kelishuvga urinish bo‘lganligini, va o‘shanda KXDR harbiy-yadroviy dasturlarini yig‘ishtirish majburiyatini o‘z bo‘yniga olganligini, ammo sal o‘tib vaziyat yana buzilganligini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0