Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirishda ayblangan 31 kishi umrbod qamaldi

© Adem ALTAN / AFPVoyennaya oxrana u turmi nedaleko ot Stambula vo vremya sudebnogo protsessa nad uchastnikami zagovora protiv Tayipa Erdogana
Voyennaya oxrana u turmi nedaleko ot Stambula vo vremya sudebnogo protsessa nad uchastnikami zagovora protiv Tayipa Erdogana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning iyulida, ya’ni Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish sodir etilgan oqshomda isonchi harbiylar Marmarisda Turkiya prezidenti hordiq chiqarayotgan mehmonxonaga hujum uyushtiradilar

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Turkiya janubi-g‘arbida joylashgan Mugla provinsiyasi sudi o‘tgan yilning iyulida mamlakatda amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinish vaqtida Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirganlikda ayblanayotgan 31 kishini umrbod qamoq jazosiga mahkum etdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Turkiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy ison raqamlarda: Erdo‘g‘onni ag‘darishga urinish Turkiyaga qanchaga tushdi
Bu haqda chorshanba kuni NTV telekanaliga tayangan holda  xabari aso qildi.

Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirishda ayblanayotganlar ustidan sud jarayoni mart oyida boshlangan edi. Tergov jarayoni radikal islom targ‘ibotchisi Fatxulla Gulenning 47 tarafdori ustidan olib borilgan, ularning uch nafari qidiruvga berilgan.

Ayblanuvchilar ro‘yxatining birinchi qatorida hozirda Amerikaning Pensilvaniyasida yashayotgan Gulen o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning iyulida, Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish sodir etilgan oqshomda, isonchi harbiylar Marmarisda Turkiya prezidenti hordiq chiqarayotgan mehmonxonaga hujum uyushtirishgan.

Hujum Erdo‘g‘on otelni tark etgach bir necha daqiqadan so‘ng amalga oshirilgan. Ushbu suiqasdning oldini olishga harakat qilgan ikki politsiyachi o‘ldirilgan.

Turkiya hukumati Gulenni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblashgan va AQShdan uning ekstradatsiyasini talab qilishgan edi. Gulenning o‘zi isonni qoralagan va bu harakatlarga aloqador emasligini aytgan. Erdo‘g‘onning o‘zi ilgariroq ushbu hodisalardan so‘ng Gulen tashkilotiga aloqador bo‘lgan 50 ming kishi hibsga olingani va 140 mingga yaqin davlat xizmatchilari ishdan bo‘shatilgani haqida bayonot bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0