TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi 2018-yilgi jahon chempionati saralash bahslarida ishtirok etish uchun Ruminiyaga yetib keldi.
Qozog‘iston terma jamoasining Ruminiyaga "O‘zbekiston havo yo‘llari" samolyotida borishi qozog‘istonlik internet foydalanuvchilarining hazillariga sabab bo‘ldi.
Fanatik.kz saytiga ushbu xabarni joylagan muallif bu haqda shunday deb yozdi: "Ayyorona yurish: bizning terma jamoamiz ruminlarni cho‘chitish uchun kuchliroq raqib qiyofasida borishga qaror qildi".
Ruminiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv 5-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Uch kundan so‘ng esa Qozog‘iston termasi Ostona shahrida Armaniston terma jamoasini qabul qiladi.