O‘zbekiston paxta eksportini butunlay to‘xtatishi mumkin – Denis Manturov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDenis Manturov
Denis Manturov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekiston bir necha yil ichida paxta xom ashyosi eksportini butunlay to‘xtatib tayyor va yarim tayyor mahsulot esportiga o‘tishi mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekiston bir necha yil ichida paxta xom ashyosi eksportini butunlay to‘xtatib tayyor va yarim tayyor mahsulot esportiga o‘tishi mumkinligini aytdi, Sputnik muxbiriga asosan.

“O‘zbekistondan paxta sotib olish hajmi kamayib borayotgani sababi – biz u redan yarim tayyor mahsulot sotib ola boshladik. Xususan, yigirilgan ip sotib olish hajmi oxirgi yilda ikki baravar oshdi”, — dedi Denis Manturov.  

"Bugungi kunda O‘zbekistonda paxtani qayta ishlash quvvati yetarli darajada tashkil qilingan. Shu sababdan, mening  fikrimcha, O‘zbekiston yaqin orada paxta eksportini umuman bekor qilib uni mamlakat hududida qayta ishlashni yo‘lga qo‘yadi", — deb so‘zini davom ettirdi vazir.

Rossiya armiyasiga yangi olingan soldatlar kema kayutasida joylashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston to‘qimachilari Rossiya armiyasiga kiyim-bosh tikadilar

“Biz esa O‘zbekistondan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar sotib olishda davom etamiz. Xususan, shu kunlarda O‘zbekistonda  ixtisoslashgan harbiy kiyim tikish korxonasi tashkil qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi Rossiya Sanoat va savdo vaziri.

Shu kunlarda Toshkentda  Rossiya – O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etish uchun Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi va bir necha kompaniya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishgan edi.

Manturov: v 2017 godu RF importiruyet iz Uzbekistana praji na $700 mln
Yangiliklar lentasi
0