O‘zbekiston to‘qimachilari Rossiya armiyasiga kiyim-bosh tikadilar

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRossiya armiyasiga yangi olingan soldatlar kema kayutasida joylashmoqda
Rossiya armiyasiga yangi olingan soldatlar kema kayutasida joylashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston to‘qimachilari Rossiya harbiy kuchlari uchun to‘qimachilik mahsulotlari yetkizib berishni boshladi.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston Angliya va Rossiya tomonidan tuzilgan qo‘shma korxona Amin Invest International shu yildan boshlab Rossiya armiyasi uchun bir necha xil kiyim-bosh yetkizib bera boshladi, Sputnik muxbiriga kompaniya vakili bergan xabarga asosan.

Uning so‘zlariga qarganda, Rossiya harbiy qo‘mondonligi bilan shartnoma tuzish uchun mahsulot sifati va xususiyatlarini aniqlashtirish bo‘yicha ko‘p masalalarni hal qilishga to‘g‘ri keldi. Rossiya vakillari O‘zbekistonga ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganish uchun kelishdi.

“Bizning korxona o‘z mahsulotining 90%ni MDH davlatlariga eksport qiladi. Ushbu mahsulotlar 50 xil kiyim kechakdan iborat. Rossiya va Ukrainada buning uchun maxsus savdo uylari ochilgan”, — dedi korxona vakili.

Korxona Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan bo‘lib, bu vertikal integratsiya qilingan, ya’ni ishlab chiqarish boshidan oxirigacha bir tashkilot tomonida nazorat qilinadigan tizimdir. Unda paxta xom ashyosini qayta ishlashdan tayor mahsulot chiqarishgacha bo‘lgan jarayon bir korxona tomonidan boshqariladi.    

Rossiya harbiylari bizning mahsulotni tanlashga ko‘p sabablar bo‘ldi. Bir tomondan bu qulay logistika, ya’ni zavod Samarqand viloyatida, transport tizimiga qulay joyda joylashgan. Lekin asosiy sabab bu – bizning mahsulot to‘laligicha tabiiy, sintetika qo‘shilmagan matolardan ishlab chiqarilishi bo‘ldi.

Hal qiluvchi sabablardan yana biri, bu to‘liq ishlab chiqarish tizimining bir korxona tomonidan nazorat qilinishidir. Bu esa o‘z navbatida Rossiya armiyasiga raqobatbardor narxlar taklif qilishga imkon berdi.  

Korxona allaqachon Rossiya armiyasiga ingichka tolali matodan tikilgan 500 mingdan ziyod uzun va kalta yengli futbolkalar jo‘natdi. Hozir ishlab chiqarish tizimi yana bir partiya kiyim bosh tikish bilan band. Bu 200 mingdan ziyod issiq ich kiyim boshdan iborat. Reja bo‘yicha ushbu kiyim noyabr oyining oxirigacha tikilib Rossiyaga jo‘natiladi.

“Hozirgi kunda Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz haqida ko‘p gapirilmoqda. Bizlarga u ta’sir ko‘rsatmadi. Yana bir partiya ichki kiyim bosh yetkizib berish haqida shartnomamiz bor. Ukraina bilan ham, u yerdagi iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan, xuddi shunday vaziyat”, — dedi suhbatdosh.  

Rossiyada tolstovka, ko‘ylak va futbolkalar juda ommabop. Yaqin kunlar ichida, Rossiya va Ukrainaga eksport hajmini oshirish maqsadida, korxona yangi yigiruv sexini ishga tushirdi. Uning ishlab chiqarish quvvati oyiga 250 tonna. Undan tashqari korxonada eksperimental sex faoliyat ko‘rsatmoqda. U yerda kiyimlarning yangi modellarini ishlab chiqariladi va sinovdan o‘tkaziladi.

 

Yangiliklar lentasi
0