MGIMO rektoriga Toshkentda zar chopon kiydirishdi

© MGIMOPosle prisvoyeniya pochetnogo zvaniya rektoru MGIMO Torkunovu podarili na pamat obshitiy zolotom uzbekskiy chapan i i tubeteyku
Posle prisvoyeniya pochetnogo zvaniya rektoru MGIMO Torkunovu podarili na pamat obshitiy zolotom uzbekskiy chapan i i tubeteyku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya orasida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga va diplomatik kadrlar tayorlashga qo‘shgan hissasi uchun Torkunovga JIDUning sharafli doktori unvoni berildi.

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiyalik taniqli diplomat, koreyashunos olim, tarixchi va siyosatchi Torkunov Anatoliy Vasilyevichga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti sharafli doktori unvoni berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu sharafli unvon O‘zbekiston va Rossiya orasida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga va diplomatik kadrlar tayorlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdim etildi. Bu haqida, MGIMO delegatsiyasining va Diplomatiya universiteti rahbariyati bilan uchrashuvi vaqtida e’lon qilindi.

“Chorak asr davomida O‘zbekistonning eng yaxshi universitetlaridan biri nomini ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan ushbu ajoyib universitetning doktori bo‘lish — men uchun ulkan sharaf”, — deb minnatdorchilik bildirdi Torkunov hamkasabalariga.

Eslatib o‘tamiz, 2-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov taklifiga binoan Torkunov boshchiligidagi MGIMO delegatsiyasining Toshkentga uch kunlik tashrifi boshlangan edi.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Diplomatiya universiteti MGIMO bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Tashrif davomida Torkunov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri — Kamilov bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi, jumladan kadrlar tayyorlash va ikki tomonlama diplom berish dasturlari sohasida ham.

Tashrif dasturi davomida MGIMO delegatsiyasi Diplomatiya universiteti rahbariyati bilan uchrashib ikki OTM orasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, o‘zaro hamkorlikda magistrlar va MBA dasturlari tashkil qilish masalalari bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tuzish muhokama qilindi.

Kelajakda JIDU asosida xalqaro munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlaydigan MGIMO Oliy maktabi tashkil qilish ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0