TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Moskvada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Jumanovning MGIMO (Moskva Xalqaro Munosabatlar Davlat instituti) rektori Torkunov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda JIDU va MGIMO vakillari 2002-yilda imzolangan shartnomani yana besh yilga uzaytirish va shartnoma qamrab olgan sohalarni kengaytirishga kelishib olishdi.
Xususan, ekspert-tahliliy laboratoriyalar tashkil qilish, o‘zaro tajribalardan foydalanish, o‘quv jarayonlariga yangi texnologiyalarni qo‘llash, masofadan turib o‘qitish, yillik ilmiy-ekspert anjumanlar o‘tkazish hamda Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarining bugungi holatini tahlil qilish va kelajagiga nazar tashlash borasida kelishib olishdi.
Bugungi kunda MGIMOda 83 nafar O‘zbekiston fuqarolari tahlil olmoqda. 2000-yildan boshlab Moskva Xalqaro Munosabatlar Davlat institutida O‘zbek tilidan dars o‘tib kelinmoqda. MGIMO faoliyatida mahalliy O‘zbekiston jamoat tashkilotlari ishtirok etib kelmoqda.
Podrobno.uz xabariga asosan.