Olam yurtimizdagi ikki buyuk o‘zgarishni ko‘rdi - Nurullo Otaxonov murojaati

© REUTERS / Murad SezerUzbekskiy pisatel Nurullo Otaxanov
Uzbekskiy pisatel Nurullo Otaxanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yozuvchi Nurullo Otaxonov ijtimoiy tarmoq orqali xalqqa murojaat qildi

TOShKENT, 3 ok — Sputnik. Shu yilning 27-sentabrida Istanbuldan uchib kelganidan so‘ng hibsga olingan va 1-oktabr kuni hibsdan ozod qilingan yozuvchi Nurullo Otaxonov (taxallusi Nurulloh Muhammad Raufxon) ijtimoiy tarmoq orqali xalqqa murojaat qildi.

"Men Vatanimga Ollohga tavakkal qilgan holda, keyingi zamonlarda mamlakatimda yuz berayotgan ijobiy ishlardan ruhlanib, Prezident so‘zlari va harakatlariga ishonib qaytdim.

Afsus, ota yurtimga bosgan ilk qadamlarimdanoq meni davlatimdan arazlatib qo‘ymoqchi bo‘lishdi. Ammo, Ollohga shukr, sal narsaga arazlab qoladigan yoshda emasman.

Chunki jamiyatda haq va adolatni qaror toptirish, xalqimiz ko‘zi o‘ngida davlatimiz sha’nini va obro‘yini yuksaltirish yo‘lida yangi iqtidor olib borayotgan ezgu ishlarga qo‘limdan kelganicha hissa qo‘shish niyatida qat’iy va sobitman", deydi u.

Yozuvchining e’tirof etishicha, Ollohning hikmati bilan boshiga ozgina sinov tushdi va bu sinov bahona olam O‘zbekistondagi ikki buyuk o‘zgarishni ko‘rdi: birinchisi, xalq chorak asrlik g‘aflatdan asta-sekin uyg‘ona boshlabdi. Ikkinchisi, davlat xalqning dodiga quloq sola boshlabdi!

"Bu ikki yangilik hammamizga muborak bo‘lsin", deydi u.

Yozuvchi uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildiradi.

"Shu besh kun davomida kecha-kunduz tinmasdan meni qo‘lladingiz, haqqimga duolar qildingiz, taqdirimga qayg‘urdingiz. Sizlarni zahmatga qo‘ydim. Men sizlardan mingdan-ming roziman. Sizlar ham mendan rozi bo‘linglar. Minnatlaringiz butun oilamning boshi ustida. Yuksak ishonchlaringizni oqlash, xizmatlaringizni qilish umrim oxirigacha bo‘ynimizdagi burchdir" deydi Nurullo Otaxonov.

Yangiliklar lentasi
0