Samarqanddan Istanbulga parvozlar yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishStambul, Tursiya
Stambul, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reyslar 2017-yilning 30-oktabridan boshlab amalga oshiriladi

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Samarqand-Istanbul-Samarqand marshruti bo‘yicha reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.

O‘zbekiston Havo yo‘llari Xitoyga yangi yo‘nalish ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston Havo yo‘llari" Xitoyga yangi reys ochadi
Reyslar 2017-yilning 30-oktabridan dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali quyidagicha:

HY 275 Samarqand-Istanbul: Samarqanddan parvoz vaqti 20:00, samolyot Istanbulga soat kechki 23:00da kelib qo‘nadi

HY 276 Istanbul-Samarqand: Istanbuldan parvoz vaqti 00:30 (+1), samolyot Samarqandga 06:45da kelib qo‘nadi

Eslatib o‘tamiz, ushbu reys ochilishi bo‘yicha joriy yil avgust oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida kelishib olingan.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy avia kompaniyasi avgust oyida parvozlar qish faslida haftasiga bir marta, yozda esa haftasiga ikki marta amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0