TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Xitoyning Guanchjou aeroportiga yangi yuk tashish reysining ochilishiga tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Manzil aeroportda slot olish masalalari, shuningdek, Boeing-767-300ER yuk samolyotlarining Navoiy aeroporti orqali uchish jadvali ishlab chiqilmoqda.
"Yangi yuk tashish aviayo‘nalishining ochilishi milliy aviatashuvchiga nafaqat "Navoiy" xalqaro aeroporti parvozlari xaritasini kengaytirish imkonini beradi, balki O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikaschi o‘rtasida biznes-hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi, shuningdek, mamlakatlarimizdagi qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa mahsulotlar eksportorlariga o‘z mahsulotlarini Xitoy bozoriga olib chiqishlari uchun yangi imkoniyatlarni ham ochadi", — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.