TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiya Mudofaa markaziy harbiy okrugi bo‘linmalari va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining hamkorlikdagimashg‘ulotlari Forish poligonida 2017-yilning 3-oktabrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi TVzvezda telekanali.
Makaziy Harbiy okrug qo‘shinlar qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkin telekanalga bergan intervyusida bu taktik mashg‘ulotlar 2005-yildan buyon birinchisi bo‘lishini qayd etib o‘tgan.
Roshchupkin poligon Toshkentdan 250 km masofada joylashganini ta’kidlagan.
Harbiyning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat harbiy muassasalari delegatsiyalari uchrashuvi chog‘ida ushbu mashg‘ulotlarni o‘tkazish haqida kelishuvga erishilgan.
Tomonlar shuningdek Markaziy Osiyoda mintaqasidagi vaziyatni muhokama qilib, hamkorlikni rivojlantirish borasida manfaatdorligini tasdiqlashgan. 2017-yil so‘ngiga qadar Jizzaxdagi mashg‘ulotlardan tashqari mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralaro‘tkazilishi ham belgilangan.