TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiy eksport markazi O‘zbekistondagi to‘rt bankka umumiy miqdori 300 million dollarni tashkil etuvchi kredit liniyalarini ochadi, deb ma’lum qildi markaz bosh direktori Potr Fradkov.
"Biz bir qator o‘zbek banklari bilan sermahsul muzokaralar olib bordik. Bular Milliy bank, "Asaka", O‘zsanoatqurilishbank" va "Oriyent Finans" banklari. Bir oy ichida Rossiya eksport markazi ushbu banklarga o‘zbek-rossiya hamkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini ochishga kelishib oldik. Ularning umumiy miqdori 300 millionga yaqin bo‘ladi. Bu hozircha birinchi bosqichda", — dedi Fradkov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu arzon moliyalashtirish bo‘ladi, bir tomondan raqobatbardosh, ikkinchi tomondan tez olinadi.
"Limitlar hamkorlik loyihalarini moliyalashtirish nuqtayi nazaridan banklar tomonidan qaror qabul qilinishi uchun yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi. Biz shuningdek, agar zarur bo‘lsa, xaridorning bevosita o‘ziga kredit berishga, to‘lov kechiktirilishini sug‘urta qilishga tayyormiz", — dedi Potr Fradkov.
Rossiya eksport markazi O‘zbekiston bozorida yangi emas. Ayni vaqtgacha u umumiy qiymati 327 million dollarlik loyihalarni moliyalashtirdi. Bular birinchi navbatda kimyo, metallurgiya, energetik mashinasozlik va elektrotexnika sanoati tashabbuslaridir.