Rossiya O‘zbekiston Milliy bankiga 1 mlrd $ kredit ajratadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishNatsionalniy Bank Uzbekistana
Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi kredit liniyasining birinchi mablag‘i to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘zbekistonda qayta ishlashni loyihalariga yo‘llantiriladi.

TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. Rossiyaning Gazprombank va Vneshekonombanklari O‘zbekiston Milliy bankiga 1 mlrd $ kredit ajratadi, bu haqida Podrobno.uz nashriga O‘zbekiston Milliy banki xodimiga asosan xabar qildi.

Bank xodimining so‘zlariga ko‘ra, Gazprombank va Vneshekonombank O‘zbekiston Milliy bankiga 500 mln $ dan ajratgan. Loyihalarni amalga oshirishda cheklov yo‘q.

Yangi ochilgan kredit liniyasining birinchi mablag‘i to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini O‘zbekistonda qayta ishlashni tashkil qilish loyihalariga yo‘llantiriladi. Shuningdek, yaqin orada Rossiyaga tasdiqlash uchun boshqa sohalardagi loyihalar ham yuboriladi.

"Biz hali baza stavkasini qayta ko‘rib chiqmadik, ayni damda mutaxassislarimiz ushbu ish ustida ishlamoqda. Hozircha baza stavkasi yiliga 18%ni tashkil qilmoqda. Ayni damda barcha moliyalashtirilayotgan loyihalar uchun ushbu foiz stavkasidan past bo‘lmagan kreditlar ajratilmoqda. Albatta, ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi (14%) bo‘yicha kreditlar ajratiladi", —dedi bank xodimi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu kredit liniyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lgan davlat tashrifi vaqtida imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0